Sizlarga bir hikoya aytib bermoqchiman.
Yaqin zamonlarda bir bola bo'lgan ekan. Bir kuni u ingliz tilini o'rganishga qaror qilibdi. Bir o'quv markazga boribdi. Darsga kiribdi. O'qituvchi yoqmadi deb chiqib ketibdi. Yana bir o'quv markazga boribdi. Darslarga qatnashibdi. Metodika yoqmadi deb u joydan ham ketibdi. Yana bir o'quv markazga boribdi. Birinchi darsda o'tiribdi. Sharoiti yoqmadi deb u yerdan ham ketibdi.
Shu yo'sinda 2 yilcha eng zo'r o'quv markazini qidiribdi. U bormagan markazlar qolmabdi. Oxiri aylanib o'sha birinchi markaziga kelsa, u bilan birinchi kuni darsda o'tirgan bola IELTS 7.0 ball olib qo'ygan ekan.
Keyin nima qilganini bilasizmi?
Baribir bu markaz yaxshi emas ekan. Ikki yilda zo'rg'a 7.0 ball olibdi deya yana eng zo'r o'quv markazni qidirishda davom etibdi. Tugadi.
@english_excellency
2August 21, 2026 153