Yuqoridagi maqola The ECONOMIST jurnalining iyul oyidagi sonida chop etilgan ekan. Maqolada aytilishicha, butun dunyo bo’ylab boshlang’ich va o’rta ta’lim sifati tushib bormoqda ekan. Buning natijasida esa, o’quvchilar maktab yoki kollejni bitirgach, universitetda tahsil olishda katta qiyinchilikka duch kelishmoqda. Ular maktab dasturidagi matematik misollarni yecha olishmayapti. AQSHning nufuzli oliygohlari tadqiqotlariga ko’ra, bugungi talabalar 10 yil oldingi talabalar o’qigan kitoblarni o’qiy olishmayapti.
Maqola yozuvchisi ommaviy savodsizlik sabablarini ham talqin qilgan. Unga ko’ra savodxonlik darajasi tushishiga bir nechta omillar sabab bo’lgan bo’lishi mumkin:
1. Maktab ta'limidagi muammolar va pandemiya:
Talabalarning tayyorgarlik darajasi pastligiga pandemiyadagi cheklovlar, maktablardagi ta'lim sifatining tushishi, ijtimoiy tarmoqlar va ekranlarga qaramlik sabab bo'lmoqda.
2. Universitetlardagi baholar inflyatsiyasi:
OTMlar va o'qituvchilar talabalarga past baho qo'yishdan qochishmoqda. Shuning uchun talabalar haqiqiy bilimiga mos bo'lmagan yuqori (A va A-) baholarni olmoqda va ta'lim standartlari pasayib bormoqda.
3. Sun'iy intellekt va ko'chirmachilik:
ChatGPT va boshqa AI qurollari paydo bo'lgach, talabalar orasida topshiriqlarni mustaqil bajarmay, AI’dan foydalanib ko'chirish va aldash holatlari ko'paygan. O'qituvchilar buni nazorat qilishda va tekshirishda qiyinchilikka uchramoqda.
@English_excellency
August 26, 2026 131