Tarjima qilish vazifasi:
1 Agar ertaga havo yaxshi bo'lsa, biz tog'ga sayrga boramiz. (if)
2 U uyga kelganida, barcha allaqachon uxlab yotgan edi. (when)
3 Biz juda charchagan edik, biroq ishni oxirigacha yetkazdik. (however)
4 Quyosh charqlab turardi, lekin sovuq shamol esib turgan edi. (yet)
5 Bir tomondan, bu ish juda daromadli, ikkinchi tomondan esa ko'p vaqt oladi. (on the one hand ... on the other hand)
6 U qattiq tayyorgarlik ko'rgan bo'lsada, imtihondan o'ta olmadi. (although)
7 Yomon ob-havoga qaramay, ular musobaqani bekor qilishmadi. (despite)
8 Tirbandlikka qaramasdan, biz aeroportga o'z vaqtida yetib keldik. (in spite of)
9 Men kitob o'qiyotganimda, u muzika tinglayotgan edi. (while)
10 U xonaga kirib kelayotganida, telefon jiringlab qoldi. (as)
11 Havo sovuq bo'lgani sababli, biz uyda qolishga qaror qildik. (since)
12 U kechikdi, chunki avtobusni o'tkazib yuborgan edi. (because)
13 Yaxshi natijaga erishish uchun u har kuni mashq qiladi. (so that)
14 U juda ko'p mehnat qildi, shuning uchun ham muvaffaqiyatga erishdi. (therefore)
15 Kuchli yomg'ir sababli futbol o'yini to'xtatildi. (because of)
16 Agar siz savolga to'g'ri javob bersangiz, sovg'a olasiz. (if)
17 Ishni tugatganimda, sizga qo'ng'iroq qilaman. (when)
18 Ular juda tez yugurishdi, biroq poyezdga yetib olisholmadi. (however)
19 Shovqin juda baland bo'lishiga qaramay, bola uxlayverdi. (despite)
20 U darsni o'tkazib yubormaslik uchun ertalab vaqtli uyg'ondi. (so that)
Do'stlaringizga ham yuborib qo'ying!
Tarjima mahoratingizni sinab ko'ring, sharti faqat qavs ichidagi bog'lovchilar ishlatilsin.
@english4y
https://t.me/english4y