Ko'pchilik abituriyentlar matematikadan tayyorgarlik ko'rayotganda asosan bir narsadan biroz cho'chishadi — bu geometriya va vektorlar.
Aynan shu mavzulardagi masalalar imtihonda hal qiluvchi ballarni belgilab beradi va ko'pincha "yiqituvchi" savollar ro'yxatida turadi.
Biz aynan shu qiyinchilikni yengib o'tishingiz uchun maxsus qo'llanmani — "Geometriya va vektorlar bo'yicha testlar to'plami"ni tayyorladik va bugun sizlarga taqdim etmoqdamiz!
Bu to'plam kimlar uchun?
> Matematikani chuqur o'rganayotgan va oliygohga eng yuqori ballar bilan kirishni (Milliy sertifikatni) maqsad qilganlar uchun.
> Mantiqiy fikrlashini charxlashni va standart qoliplardan tashqari, kishini o'ylantiradigan masalalarni ishlashni xohlaydiganlar uchun.
Foydali bo'lsa — do'stlaringiz va sinfdoshlaringiz bilan ham ulashing. Bilim baham ko'rilganda barakali bo'ladi.
@element_math
