ELEMENT O‘QUVCHILARI — OLIMPIADA G‘OLIBLARI! 15-avgust kuni… — ® Element oʻquv markazi — TG.ME

🏆 ELEMENT O‘QUVCHILARI — OLIMPIADA G‘OLIBLARI!

15-avgust kuni Gulistonda Toshkentdan tashrif buyurgan “Indigo bolajonlar” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada 100 dan ortiq o‘quvchi matematika, mental arifmetika, ingliz tili va rus tili fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Quvonarlisi, Element o‘quv markazidan matematika yo‘nalishida 4 nafar o‘quvchimiz ishtirok etib, barchasi yuqori natijalarni qayd etdi:

🏆 Otaqulov Muhammadjon — oliy o‘rin
🏆 Latipova Intizor — oliy o‘rin
🥇 Norboyev Otabek — 1-o‘rin
🥈 Bo‘riboyev Manguberdi — 2-o‘rin


Muhammadjon, Intizor, Otabek va Manguberdini ushbu ajoyib natijalari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Farzandlarining ta’limiga e’tibor berib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Element — bilimni natijaga aylantiramiz.
👏4🔥1
August 17, 2026 289 1