RE •Resident Evil 2 (remake) o'yinini o'ynab tugatdim. •Virus… — 𝗘𝗹𝗱𝗶𝗮𝗻 𝗟𝗶𝘃𝗲 — TG.ME

#RE

Resident Evil 2 (remake) o'yinini o'ynab tugatdim.

•Virus natijasida Racoon city aholisining katta qismi zombilarga aylanishadi.
Ushbu shaharga yangi kelgan politsiyachi Leon Kennedy va akasini qidirib yurgan Claire Redfield ushbu virus ortida turgan Umbrella tashkilotiga qarshi kurashishadi.

•O'yinni boshlashdan oldin siz 2ta persdan 1tasi Leon yoki Claireni tanlashingiz kerak bo'ladi.
Ikkala pers ham menga yoqdi.
Va shuni aytishim kerakki Claire sifatida o'ynash Leonga qaraganda osonroq bo'ldi.
Sababi Clairedagi qurollar Leondagiga nisbatan ancha yaxshiroq edi.

•O'yinda zombilarga qarshi kurashishdan tashqari turli xil jumboqlar ham bor. Menimcha shu tarafi bilan o'yin yanada qiziqroq bo'ldi.
O'yinda men uchun eng esda qolarli yovuzlardan biri Mr.X bo'ldi. U o'yin davomida sizni qidirib yuradi. Va topib olsa siz uni o'ldira olmaysiz. Lekin qisqa vaqtga stun qilib qochib keta olasiz.

P.s: Bu men o'ynagan 1chi Resident Evil o'yini bo'ldi. Bilaman ketma ketlik bo'yicha o'ynamayabman. Lekin franshizani syujeti bilan oldindan tanish edim.
👍63
July 22, 2026 690 22 3