Agar o'lsam, Ren ham men bilan o'lishga rozi bo'lishiga ortiq ishonmayman.
© Nana Osaki
Nana
(20 yoshda ko'rilishi kerak bo'lgan anime)
Sevgining sof va juda yengil davri 16-17 yoshga to'g'ri kelarkan. Hali hayotni bilmagan yoshlar bir biriga qiziqish va qalban yaqinlik uchungina birlashadilar. Hech qanday o'ylovsiz, na kelajak va na o'tmish. Vaqtlar o'tib barcha insonlar qiyofasi bir biriga o'xshash va sevgan kimsasi ham hamma qatori ekanligi ravshanlashadi. Qaydam, insonlardan vaqt juda ko'p narsani tortib oladi.
Anime 20 yoshli ikki Nana ismli qizning uchrashuvi bilan boshlanadi. Shaxshiyat va kelajakka qarash bilan ular tun—kun kabi bir birlaridan farq qiladi. Nana Osaki musiqachi, bolalikda tashlab ketilgan va o'z egosidan boshqa hech narsaga( xatto sevgisiga ham) tayanmay yashaydigan inson.
Nana Komatsu( keyinchalik uni Hachi deb atay boshlaydilar)sof, dunyoning barcha odamiga mehr kerak deb yashaydigan bir qiz. Ilohiy kuchlarga ishonishi menimcha uning har bir bo'ladigan voqeadan o'zini aybdor sanashi va qaysidir gunohi sabab bo'lyapti deb ishonishidandir. Sof, o'zini kattalardek tutishga harkat qiladigan va ayni damda eng go'dak, go'l kimsa.
Nana va Hachini taqdir avvaliga bir poezdda, so'ngra 707 raqamli kvartirada uchrashtirdi. Dardlarni baham ko'rdilar, sinovlarni yengdilar va birga ulg'aydilar. Faqatgina Hachi va Nana bir birini hech qanday manfaatsiz yaxshi ko'rdilar.
Anime haqida spoylersiz gapiradigan bo'lsam, sevgining bir emas bir necha inson hayotini birdaniga buzishga qodirligini ko'rsatadi. Sizga mehribon bo'lgan va sizni sevgan insonga achinganingiz, ranjitishdan qo'rqqaningiz uchungina o'zingizni uni sevishga majbur qilolmaysiz. Sizni sevgan insondan maqsadlaringiz yo'lingizda foydalanib uni qurbon qilishingiz ham daxshatning o'zginasi.
Yozuvchi Ai Yaizawa mangani davom ettirish mobaynida pauza qiladi. Davolanib chiqqach, biroz tanaffusdan so'ng davom ettirishga rozilik bildiradi. Menimcha yakunni aynan o'sha vaqtlar o'ylagan bo'lsa kerak.
Ko'pchilik animeni qoralab LB qatoriga ham qo'shgan hol bo'lganini izohlarda o'qib hayron qoldim. Chunki butun anime davomida bu uchun na ishora va na da'vat bo'lgan emas.
Blast va Trapnest bandlari esa ikki qiz hayotini tubdan o'zgartirdi. Kimdir xo'rak kimdir esa najot.
Aynan Nana animesiga hurmat tariqasida albomlar yozilgan.
Jumladan, Punk Night: From Nana by King records
Nana's Song is My Song by Momo & Grapes
Love for Nana: Only 1 Tribute by EMI Music Japan
Xullas, qisqa qilib aytganda, o'smirlikdan chiqish vaqti bir siqilib ko'rishlik joyi.
@miyaZzana