Soniya qadrini o‘lchaydi yillar, 🕰️
Buyuk maqsadlarga bog‘landi dillar. ✨
O‘ttiz besh yoshdasan, ey ona Vatan, 🇺🇿
Poyingga ta'zimda bugun ko‘ngillar. 🙏
Nigohlar qat'iy va qadamlar dadil, 👣
Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida bu el. 🕊️
Har bir islohoting – ertangi zafar, 🏆
Buyuk kelajakka ochmoqdadir yo‘l. 🛣️
Hilpirar ko‘klarda eng baland bayroq, 🚩
Sening sha'ning uchun yorug‘dir chiroq. 💡
Mangu tinchlik bo‘lsin muqaddas yurtdan, 🌍
Ko‘z tegmasin senga, ey jannat tuproq! 🌿
✍Muallif:Z.Egamberdiyevna
