O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik kengaymoqda
28-avgust kuni Janubiy Koreyaning Jungbu universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi hamda Jungbu universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar va akademik almashinuvni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xorijiy talabalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/211747
👉 На русском
👉 In English
#Xalqaro_hamkorlik #Janubiy_Koreya
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
6
3August 29, 2026 12.9K 20



