MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI… — DSBA — TG.ME

MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI NATIJALARI E’LON QILINDI

😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga qabul doirasida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

🗣 Davlat buyurtmasi asosida test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan bsa.dsba.uz elektron platforma orqali tanishishlari mumkin.

🗣 Ochiq tanlov asosida imtihon topshirgan talabgorlar test sinovi natijalarini qabul.dsba.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

🗣Shuningdek, test sinovlari natijalarini Akademiyaning rasmiy Telegram boti — @natijadsbabot orqali ham bilib olishingiz mumkin.

Test sinovlarining birinchi bosqichida 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar Akademiyada o‘tkaziladigan imtihonning ikkinchi bosqichi — suhbatda ishtirok etadi.

📍 Suhbatning o‘tkazilish sanasi, vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

Test natijalari hamda qo’shimcha savollar yuzasidan murojaat uchun:
+998 71 239 12 98
+998 71 239 49 02
(Qo‘ng‘iroqlar faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.)

Test sinovlarining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabgorlarni samimiy tabriklaymiz!

Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
August 29, 2026 5K 599