🌸 ONAM CHIROYLI… — QALBIMIZGA ENG YAQIN QO‘SHIQ 🌸
Bugungi go‘zal to‘yimizda kelin qizimiz Muxlisaxon uchun eng hayajonli va unutilmas lahzalardan biri — ota-onasiga gul berish marosimi bo‘ldi. ❤️
Bu onlarni yanada ta’sirchan qilgan narsa esa Gulsanam Mamazoitova muallifligidagi “Onam chiroyli” qo‘shig‘ini Yulduz Jumaniyazova cover ijro etgani bo‘ldi. 🎶
Onaning mehri, otaning duosi, farzandning sog‘inchi… Birgina shu lahzada qancha tuyg‘ular jam bo‘ldi. Kelin qizimizning ota-onasi bilan ko‘rishgani, ularning duosini olgani — to‘yimizning eng ta’sirli va yuraklarga muhrlanadigan daqiqalaridan biriga aylandi. 🤍
🌿 Ota-ona duosi — hayot yo‘lidagi eng katta baxt.
🤲 Muxlisaxon, ota-onangizning duosi doimo yo‘lingizni yoritsin, yangi xonadoningiz mehr, muhabbat va fayzga to‘lsin!
Bu go‘zal lahzalar esa yillar o‘tsa ham qalblarda yashaydigan eng aziz xotira bo‘lib qolsin. ❤️
🎥 DILSHODBEK STUDIO
🏛 XONSAROY TO‘YXONASI
August 30, 2026 1.2K 1