"Bolaga hech narsa demang, bolaligini olib qo'ymang, erkin o'ynasin"
Bu gapni ko'p eshitaman.
Men ham bunga rozi bo'lardim...
ammo boshqa zamonda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.
Bugun biz "indamasak" bola telefonga, “Youtube”dagi tasodifiy kirib ketadi.
Diqqati bo'linadi, xotirasi zaiflashadi.
Bu ilmiy tasdiqlangan haqiqat!!!
Bola jizzaki, jahldor, injiq bo'lib qoladi.
Chaqirsangiz eshitmaydi, hech nimaga xohishi yo'q, hatto ovqat yeyishni xohlamaydi, bolalar va atrofdagilarga ham e'tiborsiz bo'lib qoladi.
Telefon bo'lsa bas!
Shunday bolalarni ko'rganmisiz?
Yana bir narsani ham unutmaylik:
hozirgi maktab dasturi ham avvalgidek emas. 1-2 sinfdan darsliklar sezilarli
qiyinlashgan. Bolalar bog'chaga borgani sababli, birinchi sinfdan boshlab katta raqobat bor.
Bola bir zumda ko'plab fanlar bilan tanishadi va tayyor bo'lmasa,
bu unga og'ir bo'lib qoladi.
Orangizda boshlang'ish sinf ustozlari bo'lsa bu fikrimni tasdiqlaysiz degan umiddaman!!! Ota onalar va ustoz birgalikda ishlashi hozir juda muhim!
Shu ikki haqiqat meni bir xulosaga olib keladi: Bolaga hech narsa o'rgatmaslik
"erkin qo'yish" emas. Bu uni ekranga yoki keyingi bosimga tayyorgarliksiz qoldirish.
Yaxshi yechim bolaga darsni ham o'yin qilib berish. U bilan siz o'tkazgan har bir daqiqa uning bolaligining eng esda qolarli davri bo'ladi.
Ayni paytda, unga kelajakdagi
qiyinchiliklarga poydevor ham qo'yasiz.
Klubimizda aynan shunga intilamiz:
bosimsiz, tabiiy, o'yin orqali
lekin izchil va foydali.
Farzandingizga siz bugun qanday
poydevor qo'yyapsiz?
Faqat moliyaviymi yoki ma'naviy
poydevorni quryapsizmi?
@dono_joraeva