Rus tilini tez o‘rganish sirlari
1. Til o‘rganish bilan iloji boricha har kuni muntazam shug‘ullaning
🏋♀ Bunda xuddi sport mashg‘ulotlaridagidek, ma’lum bir tizimga asoslangan holda mashq qilish muddati belgilanadi. Hech bo‘lmasa, o‘qish va yangi so‘zlarni qaytarish uchun 10-15 daqiqa vaqt ajrating.
2. O‘qish rejasini tuzing
⏰ Agar til o‘rganish istagi vaqt o‘tgani sayin susayib borsa, o‘z shaxsiy algoritm o‘quv rejangizni o‘ylab chiqing. Misol uchun, ozgina dars qilgach, tanaffus e’lon qilib, musiqa tinglash yoki sayr qilish mumkin.
3. Yon daftarcha tuting
📒 Ushbu daftarchaga o‘rgangan qo‘shma so‘zlaringizni, tayyor gaplarni yozib olish va ularni muloqotda ishlatishga harakat qilish ham katta foyda beradi.
4. Xotiraga muhrlang
🧠 Xayolan ko‘zingizga ko‘ringan barcha narsani- reklama, qo‘shiq so‘zlarini, dialoglarni, gazetadagi maqolalarning nomlanishini tarjima qilishga harakat qiling.
5. Xatolarni to‘g‘irlashga odatlaning
📈 Xatolardan aslo cho‘chimang, to‘g‘irlab bo‘lmaydigan xatolardan qo‘rqing! Hech qachon va hech nimani nazoratsiz, tekshiruvsiz qoldirmang.
Kato Lomb
Instagram | Facebook | Telegram