O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari "Oxun Guzar" shourumiga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari poytaxtimizdagi “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar. Bu yerda o‘zbek hunarmandchiligi an’analarini rivojlantirib, zamonaviy talqinda davom ettirayotgan mahalliy brendlar namoyish etilgan. Oliy martabali mehmonlar milliy naqshlar, ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari va o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari aks etgan mahalliy usta va dizaynerlarning mahsulotlari bilan tanishdilar.
Madaniy dastur doirasida O‘zbekistonning eng yorqin urf-odat va an’analari namoyish etildi. Inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lgan oila qurish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
Ozarbayjonlik mehmonlarga kelin sarposini tayyorlash va so‘zana tikish bilan bog‘liq udumlar, to‘y marosimlari, kelinni kuyov xonadoniga kuzatish, “kelin salom”, “beshik to‘yi”, shuningdek, an’anaviy ona allasi namoyish etildi.
Madaniy dastur qardosh O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining urf-odatlari va qadriyatlaridagi mushtarak jihatlarni ham alohida namoyon etdi. Har ikki xalq hayotida oila, kattalarga hurmat, farzand tarbiyasi, mehmondo‘stlik hamda milliy an’analarni asrab-avaylash muhim o‘rin tutadi.
—
Первые леди Узбекистана и Азербайджана посетили шоурум «Ахун Гузар»
Первые леди Узбекистана и Азербайджана посетили столичный шоурум «Ахун Гузар», где представлены работы локальных брендов, развивающих и переосмысливающих традиции узбекского ремесленного искусства. Здесь высокие гости ознакомились с изделиями отечественных мастеров и дизайнеров, в которых нашли отражение национальные мотивы, многовековые ремесленные традиции и культурные ценности узбекского народа.
В рамках культурной программы были продемонстрированы наиболее яркие традиции и обычаи Узбекистана. Особое внимание было уделено одному из важнейших этапов в жизни человека — созданию семьи.
Азербайджанским гостям показали обычаи, связанные с подготовкой приданого невесты и вышиванием сюзане, свадебные церемонии, проводы невесты в дом жениха, обряд «келин салом», праздник «бешик туй», а также традиционную материнскую колыбельную — «алла».
Культурная программа также подчеркнула общность традиций и ценностей братских народов Узбекистана и Азербайджана. В жизни обоих народов особое место занимают семья, уважение к старшим, воспитание детей, гостеприимство и бережное отношение к национальным традициям.
Facebook | Instagram