Bolam…
Bilaman, sen meni eshitishni allaqachon boshlagansan. Sen bilan ko’p-ko’p suhlatlashgim kelaveradi…
Har harakatingni his ettirayotgan Robbimga hamdlar bo’lsin.
Menda hali onalik tajribasi umuman yo’q, seni qanday parvarish qilishni ham bilmayman hatto.
Lekin seni mehrsiz qoldirmasligimni aniq bilaman.
Sen kelishingdan oldin meni o‘zgartirib yubording.
Endi o‘zimni ehtiyot qilyabman - sen uchun.
Ko‘proq duo qilyabman - sen uchun.
Sabr qilishni o‘rganayapman - sen uchun.
Bolam…
Sen hali dunyoga kelmasingdan oldin men seni yuragimning eng nozik joyiga qo‘yib bo‘ldim.
Kelishingni kutyapman…
Shoshilmay kel. Muhimi Alloh ikki jonni ofiyatda, salomatlikda uchrashtirsin.
Adajoning bilan o’z olamimizda seni judayam judayam intizor bo’lib kutyabmiz🤍
@peaces_pg





