Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda…

📲 Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda

“Android Authority” nashri “Google Tarjimon”ning Android uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasida “Jonli tarjima” rejimi uchun yangi vidjetni aniqladi. Hozircha u ommaga taqdim etilmagan, biroq nashr mualliflari uni faollashtirib, amalda sinab ko’ra olishdi.

Bir marta bosish orqali tarjima rejimi darhol ishga tushadi; shuningdek, vidjet orqali tilni yoki javob qayerdan (quloqchindanmi yoki telefon dinamigidanmi) chiqishini sozlash mumkin bo‘ladi.

Tarjimani faollashtirish uchun ilovani ochish shart bo‘lmaydi.
❤2⚡1👍1🔥1
28-iyul, 2026 53