📸 Samsung Galaxy S27 kamerasi nihoyat yangilanadimi?
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S27 va S27+ modellarida o‘zining ISOCELL sensori o‘rniga Sony’ning 50 MP asosiy kamera sensorini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bu so‘nggi yillarda Galaxy S seriyasining oddiy modellaridagi eng muhim kamera o‘zgarishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Biroq yangi sensorning o‘lchami va boshqa xususiyatlari hozirgi kameraga yaqin bo‘lishi aytilmoqda.
Ultra keng burchakli kamera esa katta yangilanish olmaydi — unda yana 12 MP sensor qolishi mumkin.
⚠️ Hozircha bu faqat dastlabki ma’lumot. Avvalroq Galaxy S25 uchun ham Sony sensori haqida xabarlar chiqqan, ammo yakunda tasdiqlanmagan edi.
Galaxy S27 seriyasi 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

2
2
125-iyul, 2026 238