Samsung hamyonbop Galaxy M47 smartfonini taqdim etdi
Samsung uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlashga ega o‘rta narx toifasidagi Galaxy M47 smartfonini taqdim etdi. Yangi model 2032-yilgacha yangilanadi va 6 yil davomida Android hamda xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Qurilma qutidan Android 16 va One UI 8.5 qobig‘i bilan chiqadi. Shu sababli Galaxy M47 kelajakda Android 22 versiyasigacha yangilanadi.
Qurilma Snapdragon 6 Gen 3 protsessori, 6000 mA/soat sig‘imli batareya va bypass charging (to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvatlantirish) texnologiyasi bilan jihozlangan. Shuningdek, u 120 Hz yangilanish tezligiga ega 6,7 dyuymli Super AMOLED displey va Gorilla Glass Victus Plus himoya oynasiga ega. Smartfon suv, chang hamda 2 metrgacha balandlikdan tushishga chidamli himoyani ham olgan. Orqa panelda uchta kamera joylashgan: 50 MP asosiy, 5 MP keng burchakli va 2 MP makro kamera.
Hozircha smartfon faqat Hindiston bozorida sotuvga chiqadi. Savdolar 29-iyundan boshlandi. 6/128 GB xotirali versiyaning narxi 23 ming hi

3
1
130-iyun, 2026 626