OpenAI GPT-5.6 modellarining yangi avlodini taqdim etdi. Sol…

OpenAI GPT-5.6 modellarining yangi avlodini taqdim etdi.

Sol kompaniyaning hozirgacha yaratilgan eng kuchli modeli bo‘ldi. U TerminalBench 2.1 benchmark testida 91,9% natija qayd etib, yangi rekord o‘rnatdi.

Ayniqsa murakkab so‘rovlar uchun Max va Ultra nomli yangi fikrlash rejimlari qo‘shildi. Max modelga javobni yanada puxta tayyorlash uchun ko‘proq vaqt beradi va ehtimoliy xatolarni kamaytiradi. Ultra esa murakkab vazifalarni parallel tarzda bajarish uchun qo‘shimcha subagentlarni ishga tushiradi.

AQSh hukumati so‘roviga binoan, OpenAI dastlab GPT-5.6 modeliga kirish imkoniyatini API va Codex orqali faqat cheklangan miqdordagi hamkorlarga taqdim etadi. Ommaviy reliz esa yaqin haftalarda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, yangi modellar narxi ham e’lon qilindi:

— GPT-5.6 Sol — 1 million kiruvchi token uchun $5, 1 million chiquvchi token uchun $30;
— GPT-5.6 Terra — mos ravishda $2,5 va $15;
— GPT-5.6 Luna — mos ravishda $1 va $6.
❤3🤝1
28-iyun, 2026 612