DevCore endi Xorazmda! DevCore mentorlari tomonidan Xorazm viloyati… — DevCore — TG.ME

🏳️DevCore endi Xorazmda!

DevCore mentorlari tomonidan Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 9-maktabining 7-sinfdan yuqori o‘quvchilari uchun dasturlash asoslari bo‘yicha 10 kunlik bepul qo‘shimcha kurs tashkil etilmoqda.

🏫Bu shunchaki nazariy darslar emas.

O‘quvchilar dasturlash olami bilan tanishadi, dasturlash qanday ishlashini tushunadi, ilk kodlarini yozadi va IT sohasidagi turli yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

🤔 Kimlar qatnashishi mumkin?
— 7-sinfdan yuqori o‘quvchilar
— Dasturlashga qiziqadiganlar
— Hech qachon kod yozib ko‘rmagan bo‘lsa ham, o‘rganishni xohlaganlar

📌 Eng muhimi — kurs mutlaqo bepul.
Saytimizda boshqa joylashuvlarda tashkil etiladigan kurslar uchun 300 000 so‘mlik to‘lov ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Agar siz 9-maktab o‘quvchisi bo‘lsangiz, ushbu narxga e’tibor bermang. Tizim sizga avtomatik ravishda 10 kunlik dasturlash kurslarini 100% bepul holatda taqdim etadi.


Darslar maktab direktori va ustozlari bilan kelishilgan holda tashkil etilmoqda. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa — qiziqish va o‘rganishga tayyorlik.

⚠️Qabul cheklangan — faqat 50 nafar o‘quvchi.

Agar siz ham Yangibozor tumani 9-maktabida o‘qisangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qoling.

Balki bugun yozadigan birinchi "print()"ingiz kelajakdagi kasbingizning boshlanishi bo‘lar. 👨‍💻

📌Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 9-maktab, 1/201-xona
✍️Ariza qoldirish: dev-core.uz
👤Qo‘shimcha ma’lumotlar: @DevCoreHR
📞Telefon: +998777634607
❤2🏆2👏1🎓1
September 2, 2026 17 2