Koʻpchilik soʻragan mavzu!
Super-kontrakt boʻyichi amaldagi tartib qoidaga koʻra, 5 ta yoʻnalishdan birortasiga oʻqishga kirgan abituriyentlar 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniga egalar. Bunda super-kontrakt miqdori yetmay qolgan balldan qat'iy nazar 4,05 ballik shkaladan koʻproq hisobda amalga oshiriladi. Ya'ni 1 ball yetmay qolgan boʻlsa ham 4,05 balldan koʻproq yetmay qolganlar bilan bir xil miqdorda super-kontrakt toʻlanadi.
❓Nima uchun ariza berib boʻlmayapti?
Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz saytida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar 1-yoʻnalishga super kontrakt qilish imkoniyati hozircha mavjud emas. Sababi 2026/2027 oʻquv yili uchun davlat komissiyasi tomonidan super-kontraktda oʻqish tartibi e'lon qilingani yoʻq. Ya'ni amaldagi tartib bu yil oʻzgaradimi yoʻqmi degan savol javobi mavhum boʻlgani sababli ariza berish imkoniyati ochilmadi.
Super-kontrakt boʻyicha tartib oktabr oyiga qadar (shu hafta) e'lon qilinishi kutilmoqda.