OGOHLANTIRISH: “OVOZ BERING — PUL OLING” DEGAN VA’DALARGA ALDANMANG!… — CYBER HIMOYA | Rasmiy — TG.ME

🚨 OGOHLANTIRISH: “OVOZ BERING — PUL OLING” DEGAN VA’DALARGA ALDANMANG!

Internet va Telegram tarmoqlarida “Falon loyihaga ovoz bering va 20–100 ming so‘m pul oling” mazmunidagi e’lonlar ko‘paymoqda.

⚠️ Bunday takliflar ortida firibgarlar bo‘lishi mumkin. Ular ovoz berish bahonasida sizga soxta havola yuborishi, karta ma’lumotlaringiz, SMS-kod yoki boshqa maxfiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin.

“Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bepul.

Rasmiy ovoz berish OpenBudget.uz orqali amalga oshiriladi.

Shubhali havolalarga kirmang.

Karta ma’lumotlari va SMS tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.

“Ovoz bering — pul olasiz” kabi va’dalarga ishonib, noma’lum bot yoki saytlarga ma’lumot kiritmang.


🛡 Ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT
👍2🔥1
August 23, 2026 253.9K 272