DIQQAT! Telegram'da yangi firibgarlik usuli keng tarqalmoqda. So‘nggi… — CYBER HIMOYA | Rasmiy — TG.ME

⚠️ DIQQAT! Telegram'da yangi firibgarlik usuli keng tarqalmoqda.

So‘nggi kunlarda firibgarlar Telegram guruhlari va kanallar muhokamalarida soxta akkauntlar orqali faol harakat qilmoqda.

❌Odatda ular:
• yalang‘och yoki uyatsiz profil rasmlaridan foydalanadi;
• odamlarni bio qismidagi kanalga kirishga undaydi;
• kanalda esa zararli .apk fayllar yoki firibgar havolalarni tarqatadi.


📌 Bunday fayl yoki havolani ochish oqibatida:
• telefoningizga zararli dastur o‘rnatilishi;
• Telegram, bank ilovalari va boshqa akkauntlaringiz o‘g‘irlanishi;
• shaxsiy ma'lumotlaringiz sizib chiqishi;
• hatto nomingizga noqonuniy kreditlar rasmiylashtirilishi mumkin.


🛡 @CYBERHIMOYA tavsiya qiladi:

✅ Noma'lum akkauntlarga ishonmang.
✅ Bio qismidagi kanal va havolalarni ochmang.
✅ Hech qachon noma'lum .apk fayllarni yuklab olib o‘rnatmang.
✅ Shubhali akkauntlarni darhol bloklang va Telegram'ga shikoyat qiling.

🤖 Guruh administratorlari uchun:

Guruhingizga @ZIRH_BOT'ni qo‘shing va /antispam buyrug‘ini yuboring.

Bot sun'iy intellekt yordamida shubhali va spam akkauntlarni aniqlashga yordam beradi hamda guruhingizni bunday firibgar akkauntlardan himoya qilishga xizmat qiladi.

⚠️ Birgina noto‘g‘ri bosilgan havola yoki o‘rnatilgan fayl katta moliyaviy va shaxsiy zarar keltirib chiqarishi mumkin.

📣 Ushbu ogohlantirishni yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Balki shu orqali kimnidir firibgarlar tuzog‘idan saqlab qolasiz
👍3😱3👏2
July 15, 2026 276.4K 223