#7_kinologiya_forumi
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya bojxona xizmatlarining kinologiya markazlari o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
7-Global kinologiya forumi doirasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bojxona xizmatlarining Kinologiya markazlari vakillari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar kinologiya sohasidagi amaldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va xodimlar o'rtasida tajriba almashinuv istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Koreya bojxona xizmatining Kinologiya markazi vakillari Milliy kinologiya markazida tayyorlanayotgan xizmat itlariga qiziqish bildirib, 10 boshga yaqin xizmat itlarini xarid qilish bo'yicha taklifni ilgari surishdi.
Eslatib o'tamiz, 2023-2025-yillarda Milliy kinologiya markazida tayyorlangan 12 bosh xizmat itlari Koreya bojxona xizmatiga eksport qilingan.
September 8, 2026 1K 10




