7_kinologiya_forumi 7-Global kinologiya forumi Bojxona instituti… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#7_kinologiya_forumi

7-Global kinologiya forumi Bojxona instituti uchun ham muhim uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda.

Jumladan kuni kecha Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sonders Bojxona qo‘mitasida Bojxona instituti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Unda institutning ta’lim va ilmiy salohiyati, kadrlar tayyorlash borasida erishayotgan yutuqlari hamda bojxona xodimlarining kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha videorolik namoyish qilindi.

Bosh kotib tomonidan muloqot davomida Bojxona institutining ko‘p yillik faoliyati davomida shakllangan tajribasi, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasidagi amaliyoti, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va bojxona sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashdagi imkoniyatlari yuqori baholandi.


Shuningdek, uchrashuvda Bojxona institutiga Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy o‘quv markazi maqomini berish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Bugun esa Jahon bojxona tashkilotining Salohiyatni oshirish bo‘yicha Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Antonio Lo Parko, Jahon bojxona tashkilotining Salohiyatni oshirish bo‘yicha Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari o‘rinbosari Mirhasan Sayidzoda hamda Jahon bojxona tashkilotining Salohiyatni oshirish boshqarmasi loyiha menejeri vazifasida xizmat qilib kelayotgan O‘zbekiston vakili Ulug‘bek Tadjiyevlar Bojxona institutida bo‘ldilar.

Professor-o‘qituvchilar va kursantlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda bojxona sohasida kadrlar tayyorlash borasidagi ilg‘or tajribalarni mintaqa davlatlari bilan bo‘lishish, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida mehmonlar Institutning o‘quv auditoriyalari, maxsus laboratoriyalari, xalqaro aeroport imitatsion kompleksi, qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti hamda boshqa ta’lim obyektlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida kursantlarning namunali chiqishlari ham namoyish etildi. Ularning bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda amaliy mashg‘ulotlarda egallagan tajribalarini namoyish etishi ishtirokchilarda alohida taassurot qoldirdi.


Global kinologiya forumining ikki kuni davomida o‘tkazilgan uchrashuv va tadbirlar Bojxona institutining xalqaro hamkorlikdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, uning ta’lim va ilmiy salohiyatidan mintaqaviy miqyosda samarali foydalanish uchun muhim imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.
September 8, 2026 2.3K 24