O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali: #72645-post — TG.ME

#Yengil_atletika
#Toshkent_xalqaro_yarim_marafoni


Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan Toshkent xalqaro yarim marafonida 24,5 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashdi


Marafonning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov hamda Bojxona qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov ishtirok etdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor yuksak samara berayotganligini taʼkidlashdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Marafonda 50 ta mamlakatdan 2 mingdan ziyod xorijiy ishtirokchi, jumladan, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning 20 dan ortiq vakillari qatnashdi. Shuningdek, 3,5 mingdan ziyod korporativ roʻyxatdan oʻtildi.

Inklyuziv sportni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilib, maxsus startlarda qariyb 600 kishi ishtirok etdi.

Shuningdek, marafonda Bojxona qoʻmitasi hamda uning Toshkent regionidagi tuzilmalaridan jami 100 dan ortiq xodimlar ham faol ishtirok etishdi.

Xalqaro sportchilarni birlashtirishga xizmat qilgan mazkur marafon yuqori saviyada tashkil etilib, barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Finish chizigʻiga birinchilar qatorida yetib kelgan erkak va ayollar maxsus diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.