7_kinologiya_forumi Navbatdagi manzil Markaziy bojxona laboratoriyasi… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#7_kinologiya_forumi

Navbatdagi manzil Markaziy bojxona laboratoriyasi boʻldi

Markazga 2022-yilda Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomi berilgani uning xalqaro darajadagi salohiyatini namoyon etdi. Shuningdek, markaz 2026-yil aprel oyida Turkiy davlatlar sud-ekspertiza muassasalari tarmogʻiga qoʻshildi.

Laboratoriyada ekspertiza ikki bosqichda amalga oshirilib, bular, bojxona postlarida ekspress tekshiruv hamda zaruratdan kelib chiqib, chuqur analitik tahlildir.

Bu yerda narkotik moddalar, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, toʻqimachilik mahsulotlari, metallar, polimerlar, oziq-ovqat, minerallar, kimyoviy moddalar va boshqa turdagi mahsulotlar tadqiq qilinadi.

Har yili laboratoriyada bojxona maqsadlarida 3500 dan ortiq tovarlar tekshiriladi. Soʻnggi besh yilda esa 9 000 dan ortiq tovarlar ekspertizadan oʻtkazilib, qiymati 500 milliard soʻmdan ortiq tovarlarni noqonuniy olib kirish holatlarining oldi olingan.

Laboratoriyaning bojxona xavfsizligini taʼminlashdagi ahamiyati narkotik moddalarga qarshi kurashish yoʻnalishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Joriy yil boshidan buyon bojxona xodimlari tomonidan 400 ta holatda 1 700 kg narkotik vositalar ushlab qolingan.

Bosh kotib markaz faoliyati bilan tanish jarayonida “Zamonaviy bojxona – bu sifatli maʼlumot, ishonchli sunʼiy intellekt, xavf darajasiga mutanosib nazorat, malakali kadrlar va mustahkam xalqaro hamkorlikning uygʻunligi boʻlib, barchasi xavfsizlik va tezkorlik muvozanatiga xizmat qilishi zarur” ligini alohida taʼkidladi.

Shu bilan birga, bu yondashuv Oʻzbekiston bojxona tizimida amaliyotga keng tatbiq etilgani va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklarda oʻzining amaliy ifodasini topganini alohida eʼtirof etdi va yuqori baholadi.

The next stop was the Central Customs Laboratory.

The Center’s international-level capacity was demonstrated by the fact that, in 2022, it was granted the status of a Regional Customs Laboratory of the World Customs Organization. In addition, in April 2026, the Center joined the network of forensic examination institutions of the Organization of Turkic States.

Expert examinations at the laboratory are carried out in two stages: express testing at customs posts and, where necessary, in-depth analytical analysis.

The laboratory examines narcotic substances, psychotropic and potent pharmaceutical drugs, textile products, metals, polymers, food products, minerals, chemicals, and other types of goods.

Every year, more than 3,500 goods are examined at the laboratory for customs purposes. Over the past five years, more than 9,000 goods have undergone expert examination, preventing cases of illegal importation of goods worth more than 500 billion soums.

The laboratory’s importance in ensuring customs security is also clearly demonstrated in the fight against narcotic substances. Since the beginning of this year, customs officers have intercepted 1,700 kg of narcotic substances in 400 cases.

During his familiarization with the Center’s activities, the Secretary General specifically emphasized that “Modern customs is a combination of quality data, reliable artificial intelligence, risk-proportionate control, qualified personnel, and strong international cooperation, all of which must serve to ensure a balance between security and efficiency.”

At the same time, he particularly acknowledged and highly appreciated the fact that this approach has been widely implemented in the customs system of Uzbekistan and finds its practical expression in the conveniences being created for entrepreneurs.
September 6, 2026 2.1K 11