#odam_savdosiga_qarshimiz
“Navoiy” chegara bojxona postida “Biz odam savdosiga qarshimiz!” shiori ostida profilaktik targ‘ibot targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Тadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijga yo‘l olayotgan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli firibgarlik va aldovlar oqibatida odam savdosi qurboniga aylanib qolish xavfidan ogohlantirishdan iborat bo‘ldi.
Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali kuniga o‘rtacha 30–35 ming yo‘lovchi harakatlanadi. Ularning katta qismi qo‘shni davlatlar hamda ular orqali uzoq xorij mamlakatlariga mehnat migratsiyasi maqsadida yo‘l oladi.
Tadbir davomida fuqarolarga odam savdosi qurboniga aylanib qolishning oldini olish, xavfli vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar, zarur aloqa raqamlari hamda huquqiy maslahatlar aks ettirilgan flayerlar tarqatildi.
September 5, 2026 2.2K 8




