Bugun yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

Bugun yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yilining ilk kuni – “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Hududlarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu gʻoya asosida tashkil qilindi.

Xususan, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmalari boshliqlari bayram tadbirlarida ishtirok etib, jajji o'quvchilarga o'zlarining samimiy tilakarini yo‘llashdi.

Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo, Farg'ona, Namangan, Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida hududiy bojxona boshqarmalari mas'ullari bayram tadbirlarida qatnashib, o'quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdilar.
September 2, 2026 3.2K 10