qonunchilikdagi_yangiliklar ✔️ 2027-yil 1-yanvardan boshlab… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#qonunchilikdagi_yangiliklar

✔️ 2027-yil 1-yanvardan boshlab tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibini soddalashtirishga qaratilgan quyidagi choralar ko‘riladi:

➡️ xavf darajasi past tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi;

➡️ bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi;

➡️ bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi;

➡️ tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilishda rasmiy diler va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
September 2, 2026 2.7K 25