Xavfsiz_mahalla Xavfsiz mahalla – aholi osoyishtaligining muhim… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#Xavfsiz_mahalla

Xavfsiz mahalla – aholi osoyishtaligining muhim kafolati

Sergeli tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarda qulay muhit yaratish, shuningdek, bayram kunlarini tinch va xavfsiz o‘tkazish maqsadida bojxona mas’ullari tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i A.Xusanov tomonidan “Daryo bo‘yi” MFYda olib borilgan o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarning birida suv quvuri yorilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan suv ta’minoti mutaxassislari jalb qilinib, nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.

Shuningdek, “Quruvchilar” MFYda hududga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining ishchi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida kameralardan birida nosozlik mavjudligi aniqlanib, uni tezkorlik bilan ta’mirlash va doimiy ishlashini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida “Uchuvchilar” MFY hududida joylashgan “Avia hostel” mehmonxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Muassasa mas’uli bilan sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, shovqin-suron va boshqa holatlar orqali mahalla aholisining osoyishtaligiga xalal bermaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
September 1, 2026 2.6K 2