Xushxabar! Bojxona institutining "Data Science" to‘garagi a’zolari… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

Xushxabar!

Bojxona institutining "Data Science" to‘garagi a’zolari "CBU Coding Hackathon 2026" musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan "Silk Road Finance & Technology Forum 2026" doirasida o‘tkazilgan "CBU Coding Hackathon 2026" musobaqasining final bosqichida "Do‘ppi X" jamoasi a’zolari G‘.Ubaydullayev va D.Ibragimov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakunda “Do‘ppi X” jamoasi Markaziy bank Raisi T.Ishmetov tomonidan taqdirlandi. Bu natija — bilim, texnologiya va jamoaviy mehnatning amaliy natijasidir.
September 3, 2026 2.1K 8