Mustaqillik_35 Мehr va e’tibor – inson qadrini ulug‘lashning yorqin… — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali — TG.ME

#Mustaqillik_35

Мehr va e’tibor – inson qadrini ulug‘lashning yorqin ifodasi

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha hududlarda yuksak insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etishga, aholi oʻrtasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan turli maʼnaviy-maʼrifiy, xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Xiva shahridagi nogironligi boʻlgan erkaklar uchun moʻljallangan “Muruvvat” internat uyida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida muassasa tarbiyalanuvchilariga bayramona kayfiyat ulashilib, ularning ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan turli anjomlar topshirildi.

Bu kabi xayrli tashabbuslar, avvalo, mehr va eʼtiborga muhtoj insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning amaliy ifodasidir.


Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatib, oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh muassasa xodimlari ham bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida Xiva tumani madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bayram ishtirokchilariga koʻtarinki ruh va unutilmas taassurotlar bagʻishladi.
September 1, 2026 1.8K 2