Mahallamizda targ‘ibot ishlari qizg‘in davom etmoqda!
Bugun mahallalarda aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta'minlash va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan samimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Jumaladan Chust tuman Serob mahallasi hodimlari, MFY raisi, Yoshlar yetakchisi, Hokim yordamchisi, Ijtimoiy xodimlar birga fuqarolar bilan suhbatlar va uchrashuvlar davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratilmoqda:
Tomorqadan unumli foydalanish, tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilish doimiy daromadli qilish choralarini ko‘rish.
Ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish
Xonadon va ko‘chalarda tozalikni saqlash, obodonlashtirish ishlarini tashkillash borasida ham fuqarolar bilan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Kuz qishki mavsumda ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha fuqarolarni platformaga kiritish ishlari ham tashkillanib borilmoqda.
Har bir xonadonning farovonligi va mahallamiz obodligi – o‘z qo‘llarimizda!

















