O‘zbekiston aholisining banklardan olgan kreditlari qoldig‘i bir yilda 18,8 foizga ko‘paydi. Markaziy bank qarzlarning katta qismi uy xaridiga yo‘naltirilayotganini maʼlum qildi.
2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoldig‘i 239,8 trillion so‘mga yetdi. Qarzlar miqdori bir yil ichida 37,93 trillion so‘mga (18,8 foiz) ortgan.
Eng ko‘p qarzlar ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda — 88,14 trillion so‘m. Aholining mazkur turdagi qarzdorligi 2025-yil mos davridagidan 14,1 trillion so‘mga yoki 19 foizga ko‘paygan.
🇺🇿🌐Чуст ва Дунё канали🇺🇿🌏
⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️https://t.me/joinchat/AAAAAE_Wy4t8_dbLRaUKfw










