74-maktab | Chust: post #2181 — TG.ME

2026-yil 25-may kuni Chust tumani 74-maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda va bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Tadbirda maktab ma’muriyati, ustozlar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Bayram dasturi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng maktab direktori tomonidan bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelgusi hayot yo‘lida omad va zafarlar tilandi. Tadbir davomida 9- va 11-sinf bitiruvchilari tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqs chiqishlari hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, o‘quv yili davomida turli fan olimpiadalari, sport musobaqalari va tanlovlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandilar. Tadbir yakunida bitiruvchilar uchun jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq barchaga unutilmas taassurot ulashdi. Maktab maslahatchisi: N.Sh. Baymatova

May 25, 2026 1.7K 5