Yaqinda mandat chiqdi, o'qishga kirganlarni tabriklayman!
O'qishga kirolmaganlar, hechqisi yo'q, hayot davom etadi.
O'qishga kirganlarga maslahat:
Haqiqiy bilim olish davri endi boshlanadi, karyera qurish uchun kerak bo'ladigan bilimlarni o'rganish vaqti keldi.
Amaliy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish, haqiqiy mahsulotlar yoki xizmatlar yaratish vatqi keldi. O'qishga kirdim bo'ldi emas, o'qishga kirgan bo'lsangiz nima qilibdi, hatto bakalavrni bitirib magistraturani tugatib ham ish topolmay yurganlar bor. Tizimni ayblashadi, ayb sizda, kuchli va bilimli kadr bo'ling albatta yaxshi ish topasiz.
Dasturlash bo'yicha gapiradigan bo'lsam:
O'qishga kira oldingizmi, yo'qmi maslahatim Claude, Codex, Cursor, Antigravity kabilar bilan ishlashni chuqurroq o'rganing, real loyihalar quring. Insonlarga tayyor dasturlarni, vebsaytlarni foydalanishga topshirishga harakat qiling, jarayonni boshdan kechiring. Xakatonlar va boshqa turli dasturlashga aloqador musobaqalarda qatnashing. Qisqa qilib aytganda vaqtni befoyda narsalarga sarflamang. Telefondan faqat muhtoj bo'lganda foydalaning.
Diplomni dasturlashda foydasi bormi degan savolni menga ko'p berishadi, foydasi bor albatta. Davlat tashkilotlarida dasturchi sifatida ishlash uchun Universitet diplomi albatta talab qilinadi. Demak diplom bo'lsa ko'proq ish o'rinlariga topshira olish imkoniyatio bo'ladi sizda. Lekin diplom bo'lmasa ham ishga kirish mumkin xususiy kompaniyalarga yoki frilanserlik qilish mumkin, ya'ni mahalliy yoki chetel kompaniyalari yoki shaxslaridan buyurtmalar olib ishlash mumkin.
Diplom sizga qo'shimcha imkoniyatlar taqdim etadi.
Lekin diplomni o'zi yetarli emas hech qaysi sohada hozir, muhimi bilim va intiluvchanlik.
Vaqtni bekor sarflamang, yangi bilimlar o'rganing, foydali mashg'ulotlar bilan shug'ullaning. Ingliz tili o'rganing, Sport bilan shug'ullaning. Yaqinlaringiz bilan ko'proq birga vaqt o'tkazing.
Vaqt va sog'lik eng katta boyliklardan hisoblanadi, yoddan chiqarmang!
@chingizgaffarov