🇯🇵Yaponiyada mashinasozlik sohasida ishlashni xohlaysizmi? 🇯🇵
🚀Endi Yaponiyada professional faoliyatingizni boshlash imkoniyati sizni kutmoqda!
CAL Co., Ltd. kompaniyasi mashinasozlik sohasi muhandislarini Yaponiyadagi loyihalar uchun ishga taklif qiladi.
━━━━━━━━━━━━━━━
📍 Ish joyi: Yaponiya bo‘ylab
💼 Ish turi: Doimiy (Full-time)
🕘 Ish vaqti: 09:00–18:00 (1 soat tushlik tanaffusi)
☀️ Dam olish kunlari: Shanba, yakshanba, davlat bayramlari va kompaniya belgilagan boshqa kunlar
🗓 Yillik ta’til: 125 kun
━━━━━━━━━━━━━━━
🔧 Asosiy vazifalar
Avtomobil sanoati va sanoat uskunalari uchun mexanik konstruksiyalarni loyihalash hamda ishlab chiqish ishlari bilan shug‘ullanasiz.
【 Ish jarayonidagi asosiy vazifalar 】
✔️ Avtomobil sanoatiga oid mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqish
✔️ Sanoat uskunalarini loyihalash va ishlab chiqish
✔️ Qolip (Mold) va maxsus moslamalar (Jig) dizaynini yaratish
✔️ Turli mashinasozlik loyihalarida ishtirok etish
【 Ishda foydalaniladigan dasturlar 】
CATIA、NX、SOLIDWORKS、AutoCAD va boshqa professional CAD dasturlari
Kompaniyaga qabul qilinganingizdan so‘ng siz uchun:
📚 Yapon biznes etikasi (Business Manner)
📚 Mehnat xavfsizligi bo‘yicha treninglar
📚 Amaliy kasbiy tayyorgarlik
o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng haqiqiy loyihalarda Junior Engineer sifatida ish boshlaysiz. Tajribali mutaxassislar rahbarligidagi OJT (On-the-Job Training) orqali sanoat uskunalari, avtomobil qismlari, qolip va maxsus moslamalarni loyihalash kabi turli loyihalarda qatnashib, professional ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz hamda kelajakda yuqori malakali muhandis bo‘lib yetishishingiz mumkin.
━━━━━━━━━━━━━━━
⚠️ Talablar
✔️ Bakalavr diplomiga ega bo‘lish
※ Yaponiyadagi senmon gakko (専門学校) bitiruvchilari uchun bakalavr diplomi talab etilmaydi.
✔️ Mashinasozlik (Mechanical Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish yoki shu sohaga oid ta’lim dasturini tamomlagan bo‘lish
✔️ Ish jarayonida muloqot qila oladigan darajadagi yapon tilini bilish
💡 Hozircha yapon tilini bilmaydigan nomzodlar uchun ham yapon tilini o‘rganish bo‘yicha maxsus o'quv dasturimiz mavjud. Batafsil ma’lumotni murojaat qilganingizda taqdim etamiz.
━━━━━━━━━━━━━━━
💴 Oylik maosh: 260 000 iyenadan boshlab
Yakuniy maosh suhbat natijalari, tajriba va bilim darajangizga qarab belgilanadi.
✈️ Yaponiyaga borish va ko‘chish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.
🏠 Yaponiyada uy topish va yangi muhitga moslashish jarayonida ham kompaniya qo'llab-quvvatlaydi.
━━━━━━━━━━━━━━━
✉️ Batafsil ma'lumot olish uchun Telegram orqali bog'laning:
👤 @CAL_dinora
📞 +998 90 054 23 32
🌐 https://cal.co.jp
Sizning murojaatingizni kutamiz!