🌐Sayt

Yaponiyalik mutaxassislardan sun’iy intellektni bepul o‘rganing!
Tokio universitetining “Matsuo-Iwasawa” laboratoriyasi tomonidan sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish (ML) va data science asoslarini o‘rgatishga qaratilgan onlayn ta’lim dasturiga start berilmoqda.
Dastur mutlaqo bepul bo‘lib, 14 ta onlayn mashg‘ulotdan iborat. Darslar ingliz tilida “Matsuo-Iwasawa” laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ishtirokchilar dastur davomida sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va dasturda ishtirok etish uchun ariza qoldiring.
Arizalar joriy yilning 10-sentabriga qadar qabul qilinadi.
🌐Sayt
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Linkedin
🌐Sayt
5
2
2
1
1August 20, 2026 647 4 24