Buxoro shahar bo'yicha IIO FMB 2-son ichki ishlar bo'limida "Xavfsiz hudud dolzarb 30 kunlik" tadbiri doirasida tungi yo'riqnoma o'tkazildi
Buxoro shahar bo'yicha IIO FMB 2-son ichki ishlar bo'limida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida shaxsiy tarkib ishtirokida maxsus tungi yo'riqnoma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbir "Xavfsiz hudud dolzarb 30 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida tashkil etildi.
Yig'ilishda viloyat IIB rahbariyati so'zga chiqib, mazkur profilaktik oylik hamda tungi xizmat davomida qat'iy amal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarga alohida to'xtalib o'tdi. Xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka qat'iy rioya etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo'lishi muhimligi ta'kidlandi. Ishtirokchilarga hududda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning har qanday ko'rinishiga nisbatan keskin va murosasiz munosabatda bo'lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qonunbuzarlik holatlarining barvaqt oldini olish, tungi vaqtlarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini saqlashda o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etilib, shaxsiy tarkibga profilaktik tadbirni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube



