PIYODALAR YO‘LAKCHASIDA O‘ZARO HURMAT VA E’TIBOR MUHIM! “Yoʻlovchi… — Buxoro IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

PIYODALAR YO‘LAKCHASIDA O‘ZARO HURMAT VA E’TIBOR MUHIM!
“Yoʻlovchi loyihasi” doirasida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda, avvalo, atrofdagi transport vositalariga e’tibor qaratishi va yo‘l xavfsizligiga ishonch hosil qilishi lozim.

Haydovchi piyodani o‘tkazish uchun to‘xtaganida, piyoda haydovchiga o‘ng yoki chap qo‘l ishorasi orqali minnatdorchilik bildirishi mumkin. Bunday oddiy e’tibor yo‘l harakati ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hurmat va madaniyatni oshiradi.

Shu bilan birga, qo‘l ishorasi xavfsizlik choralarining o‘rnini bosmaydi. Piyoda yo‘lni kesib o‘tishda transport vositalarining harakatini kuzatishi va xavfsizligiga ishonch hosil qilishi kerak.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
September 9, 2026 4K 6