Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda turli xil axborotlar juda tez tarqalmoqda. Biroq, ularning barchasi ham ishonchli va haqqoniy bo‘lavermaydi. Jamiyatda soxta xabarlar ta'sirida noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishi hamda turli salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida Buxoro viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi hamkorligida Kogon shahrida joylashgan 7536-sonli harbiy qismda davra suhbati tashkil etildi.
“Soxta axborotlarga qarshi immunitetni oshirish” va “Terrorizmning zamonaviy ko'rinishlari” mavzulariga bag‘ishlangan tadbir davomida ishtirokchilarga soxta axborotlarni haqiqiy ma’lumotlardan farqlash, xabar manbasini sinchiklab tekshirish, shoshilib xulosa qilmaslik hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik muhimligi tushuntirildi.
Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashda har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati borligi, tanqidiy fikrlash va mediasavodxonlikni oshirish bugungi kunning asosiy talablaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube



