IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida viloyat narkologiya dispanserining ish faoliyati o‘rganildi.
Jarayon davomida muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ularni qabul qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, davolash hamda belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarish mexanizmlari batafsil tahlil qilindi.
Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan bemorlar ishtirokida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashuvi yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, narkologiya dispanseri va profilaktika subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda hududda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar shakllantirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube








