Sahl ibn Mu'oz ibn Anas Juhaniydan rivoyat qilingan.
Nabiy sollalohu alayhi vassalam:
" Kimki bir moʻminni gʻiybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning goʻshtini doʻzax oʻtidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki bir moʻminni soʻkmoqchi boʻlib, uni gʻiybat wilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha jahannam koʻprigi ustida ushlab turadi", dedilar.
Ahmad rivoyat qilgan.
Gʻiybatchiga quloq solgan kishi uning sherigi hisoblanadi. Faqat uning gapini tili bilan inkor qilsagina, gunohdan qutiladi. Agar ochiq inkor qilishdan qoʻrqsa, qalbi ila inkor qilsin va gapni boshqa tarafga burishga yoki turib ketishga harakat qilsin.
Shayx Hazratlarining Ruhiy tarbiya kitobidan 🌷


