Davlat xizmatchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimi… — Boshqaruv samaradorligi agentligi — TG.ME

Davlat xizmatchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimi rivojlantirilmoqda

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi hamda Prezident farmonlarida belgilangan vazifalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning o‘zida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda uning hududiy filiallarida 5 646 nafar davlat xizmatchisi turli yo‘nalishlarda malaka oshirdi.

Ular orasida Salohiyatli va Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari mavjud.


Shuningdek, Agentlikning edu.bsa.uz masofaviy ta’lim platformasi takomillashtirilib, davlat xizmatchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishida samarali vositaga aylandi.

Bugungi kunga qadar platformada:
➡️190 577 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan;
➡️670 mingdan ortiq elektron sertifikat taqdim etilgan;
➡️ 2026-yil boshidan buyon 9 ta onlayn kurs orqali 63 ming nafardan ortiq tinglovchi malaka oshirdi.

Platformaga joylashtirilgan "Ma’muriy tartib-taomillar islohoti" nomli yangi masofaviy o‘quv kursini 10 504 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tamomladi.

Bundan tashqari, davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning rahbarlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan 8 ta moduldan iborat “Salohiyatli rahbar ayol” nomli yangi masofaviy o‘quv kursi ishlab chiqildi. Mazkur kursdan 2026-yil 15-sentabrdan boshlab foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, “Rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish va samarali boshqaruv” hamda “Boshqaruv faoliyatida tizimli tahlil” kurslaridan ham yaqin muddatda foydalanish imkoniyati yaratiladi.


#Samaradorlik #Strategiya2030

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
September 2, 2026 4.6K 10