Davlat xizmatiga kirish imkoniyatlari tushuntirildi
Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali xodimlari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatiga kirish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga davlat fuqarolik xizmatiga kirish imkoniyatlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi va qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, davlat xizmatida faoliyat yuritish uchun bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda belgilangan tartibda ishga kirish masalalari tushuntirildi.
|Telegram |YouTube|Facebook |