O'zimga qarshi Isyon
So'zimni boshini oddiy narsalar bilan boshlamoqchi emasman. Bu millat kimligini unutib qo'yganidan boshlamoqchiman. Bu millat onalari Buxoriylarni Beruniylarni, Temuriylarni va keyin Jandid va Qo'rboshilarni tarbiyalagan - u bugungi kunga kelib zombi qilib tarbiyalayotganga o'xshaydi ajab. Naxotki otalarni kundan kunga dunyo maydonida cho'kib ketayotganimiz qiziqtirmayabdi halqning boshiga kelayotgan o'g'lingizga nima qilsang ham o'g'irlab gardaningga tiqib ol bu millat qayg'usi seni qiziqtirmasin deysizlarmi. Ajab 39 millionmiz minglab korxona millionlab tadbirkorlarimiz bor ammo bir fudbol kulubining budjeticha pulimiz yo'q. Vo ajab, yoqa tishlayman. Jadidlar yozgan yoki Rauf Parpi yoki Shavkat Rahmon yozgan tanqidiy she'r yoki maqolalari kamchiliklari hamon kuchda g'alati emasmi bu. Axir 4 yoki 5 avlod ulg'aydiku qachon o'zimizni taniymiz.
Atrofimdagi ba'zi yigitlarni ko'rib g'ashim keladi Maydakash pul uchun qadiryatini oyoq osti qiladigan yoki g'arab odamlari oldida majburdek yelka qisib iymanib turadigan yigitlarimizga va o'zimga achinaman. Yana ba'zilariga ko'zim tushdi millat qizlari ustida dallollik qilganiga yoqasidan oldim va keyinchalik ham qilgan ishidan zarracha afsus chekkaniga guvoh bo'lmadim. Havas bilan o'qiyotgan yigitlarni ko'pidan so'rasam xalqning boshiga kelgan va boy yashayotgan qo'shnisi yoki ovuldoshiga havas qilib o'qishga kirganini aytadi qurmag'ur, bilmaydida davlat odamlarga boy yashaydigan darajada oylik bermasligini. Qing'ir yo'llar bilan boyiydida pastkash.
Qachon g'oya bilan yashaysiz. Men yutqazib qo'ydim siz yutqazmang.
Tog'ay Murodning ,, Otamdan qolgan dalalar " Kitobini iltimos yaxshilab o'qing.
Nabijon Boqiyni ,, Qatlnoma "
Bahtiyor Abdug'afurni ,, Qonli gullar vodiysi Madaminbek "
Keyin istalgan joyda ,, 101 o'zbek hayoti " Degan maqola yoki videoni diqqat bilan tinglang.
Yokida Najmiddin Ermatovni ,, Ko'k bo'ri kezgan sarxad " nomli she'rini bir tinglab ko'ring yana bo'lmasa Bekalini ,, 71 avlod qo'shig'i "
Rauf Parfi ,, Assalomu aleykum dorning og'ochi "
Shavkat Rahmon ,, Turkiylar " Yoki ,, Hirgoya "
Dunyo shishdad bilan rivojlanyabdi. qarashlaringizni boyitmasangiz o'zgalar axboroti bilan aldaydi turmush sharoiti bilan jalb qiladi. Baxtlilik kayfisenti bilan orzuyingizga aylanadi va keyin sizni qo'lingiz bilan o'zingizni va o'zligingizni keyin millatingizni yo'q qiladi....
✍Uchqun