🎉 BIR TA'LIM × TARGET XALQARO MAKTABI HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! 🤝 Yana bir muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! BIR TA'LIM va TARGET XALQARO MAKTABI o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida Bir Ta'lim Grant dasturi o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha saralab olinadi va TARGET Xalqaro Maktabi hamda hamkor loyihalarda amaliyot o‘tash va ish bilan ta'minlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamkorlikning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlashdir. Oldinda yana ko‘plab manfaatli loyihalar va imkoniyatlar kutmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!
July 10, 2026 8.7K 18