❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent
Joriy yilda ham test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.
Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?
✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.
Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.
Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.
❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (ruxsatnoma rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).
👉 @xushnudbek 👈