2026-yil 17-dekabrdan Toshkent bilan Astraxan o'rtasida 149/150-sonli yangi xalqaro yo'lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. U har ikki yo'nalishda haftasiga bir marta yuradi. Poyezd Toshkentdan payshanba kunlari soat 18:00 da, Astraxandan esa yakshanba kunlari soat 02:01 da, ya'ni shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi jo'naydi. Har bir reysga chiptalar poyezd jo'nashidan 45 kun oldin sotuvga chiqadi.
👉 Batafsil ma'lumot
